Ko’ngil degan shaharga
Ko’nmaydilar bu kishim
Ishqimizni nazarga
Ilmaydilar bu kishim
Biz tosh kelsa kemirsak
Ko’zyosh kelsa simirsak
Ming bor ozib semirsak
Bilmaydilar bu kishim
Bizni desa jonidan
Bir so’m ketmas yonidan
O’zining bilganidan
Qolmaydilar shu kishim
Bu kishim
Nazarga ilmaydilar
Sevgimiz bilmaydilar
Bilolmadim nelarni
O’ylaydilar bu kishim
Kelmaydilar holimiz soʻrmaydilar
Bilolmadim nelarni
Oʻylaydilar bu kishim
Bir kelsaydi yonimga
Qolmasdi uvolimga
Yokida oʻz holimga
Qoʻymaydilar bu kishim
Tirnalar har daqiqa
Bir ajoyib antiqa
Hech qanaqa mantiqqa
Sigʻmaydilar bu kishim
Nazarga ilmaydilar
Sevgimiz bilmaydilar
Bilolmadim nelarni
O’ylaydilar bu kishim