Taqdir ne qilsa ham qilmam e’tiroz
Lek oxiri bormi bu firoqingni?
Xech yo’q sog’misan deb yo’qla iltimos
Umrim o’tar kutib, umrim o’tar…
Nahot Ishqqa oshiq ko’nli o’yinmi?
Mudom shubxa gumon chulg’ar o’yimni
Yashil tugmachani bosish qiyinmi
Umrim o’tar kutib, umrim o’tar…
Go’yo butun olam mendan bezorday
Dunyoda borligim senga ozorday
Shifo izlab yurgan nochor bemorday
Umrim o’tar kutib, umrim o’tar…
Sog’inch go’shasida g’amga sherikman
Har kun bir nuqtaga boqib zerikmam
Bugun bir og’iz so’z uchun tirikman
Umrim o’tar kutib, umrim o’tar…