Uzmir🖤
Koʻnglimni koʻtarib, olgani topilmas kimsa
Qaniydi sevganim, unga oʻrganib qolganimni bilsa
Ayamay bagʻrimni tilsa
Nima qilay umid bersa
Ortidan boraman olib qolish uchun
Agarda ergashib kelsa
Mira❤️
Oʻzinga oʻrgatib
Olib ketolmayapsana
Kuchingni koʻrdsatib moshinanga
Solib ketolmayapsana
Bir bora qoʻngʻiroq qilib
Kechir deb aytolmayapsana
Qara kecholmayapsana
Men ham unutolmayapmana
Uzmir🖤
Oʻzgacha edi birga qilgan oʻsha orzular
Seni sogʻinib hayolda qilib parvoz tunlar
Yashashim uchun bermading bir bor imkon
Tikon tikon tikon tiling hamon tikon
Mira❤️
Oʻzgardim dema qulay fursatni poylarding
Oʻzinga meni kundan kunga yana boylarding
Oldingdan oqqan suvni qadrini bilmasding
Man qurgʻurni hatto nazarga ham ilmasding
Uzmir🖤
Sogʻinaman sogʻinaman dunyolarga sigʻmayin
Sogʻinaman sogʻinaman qaytib kelgin jilmayib
Mira❤️
Sogʻinasan sogʻinasan hidlarimni oxtarib
Sogʻinasan sogʻinasan dunyolarni toʻntarib
Uzmir🖤
Sogʻinaman sogʻinaman dunyolarga sigʻmayin
Sogʻinaman sogʻinaman qaytib kelgin jilmayib
Mira❤️
Sogʻinasan sogʻinasan hidlarimni oxtarib
Sogʻinasan sogʻinasan dunyolarni toʻntarib
Uzmir🖤
Ishq koʻchasi menga begona boʻldi
Xiyonat qildim balki u mendan toʻydi
Peshonamga yozilgani shu boʻldi
Kechir imkoni boʻlsa paymonim toʻldi
Mira❤️
Toʻrt devor guvoh oqqan har koʻzyoshimga
Ne azoblar kelmadi bu yosh boshimga
Sherik boʻlmasin begona mani oshimga
Qoyil qolaman bazida bardoshimga
Uzmir🖤
Kel yashaylik hamma dardimga malham boʻl
Yoninga boraman jonim oʻzinga mahkam boʻl
Oʻtmishda qolsin xatolarga koʻz yumaylik
Jonim endi bir xatoni deb ajrashmaylik
Mira❤️
He otam bilmadi onam bilmadi bu dardimni
Tunda ketding oʻzgaga bajarmay shartlarimni
Nega qoʻyningda tunda oʻzgasi tovlanardi
Hamma ayblaring jonim bu qalbga jim joylanardi
Uzmir🖤
Yana bitta oila buzilmasin desang
Qarshimizda sudya qani oʻzinga kesang
Barchasi abadiy baxtga toʻlarmidi
Bizni havas qilgan nechasi koʻrarmidi
Lekin man koʻzlaringda qat’iylik koʻryapman
Shuncha yil sevmaganman ichimda oʻlyapman
Axir bu orada oʻylagin bola bor
Yana oʻylab koʻrgin so’ngi bir chora bor
Mira❤️
Stop oʻzizi bosing olti oy imkon berdi
Shu vaqtgacham ishoning ikta qimiman erdi
Hayotizga kirib chiqqan ayollar bilan yashab
Mehrimmi topib koʻring mani yolgʻiz tashab
Ayriliqda ayolizzi qadrini bilvolarsiz
Shu bohona yaxshi yoʻlga amallab kirvolarsiz
Ayollarni makri biling qirq tuyaga ogʻir
Kechirdim Zuxro boʻlay siz boʻling menga Toxir
Uzmir🖤
Sogʻinaman sogʻinaman dunyolarga sigʻmayin
Sogʻinaman sogʻinaman qaytib kelgin jilmayib
Mira❤️
Sogʻinasan sogʻinasan hidlarimni oxtarib
Sogʻinasan sogʻinasan dunyolarni toʻntarib