Qizil ko’ylagim sen uchun emas
Uzun sochlarim sen uchun emas
Yozgan she’rlaring o’zingnikimas
Sening sevging ham men uchun emas
Senga bergan savolimga
Javob bermaysan
Hech bo’lmasa telegramdan ham
Yozib qo’ymaysan
Menga qarab nega yonimda
Har kun qolmaysan
Baland dorga osilsang ham
Yeta olmaysan
Qizil ko’ylagi aqlimni oldi
Uzun sochlari jonimni oldi
Shuncha gaplarim
Ichimda qoldi
Nechun bu Rayhon
O’zini oldi
Qizil ko’ylagim sen uchun emas
Uzun sochlarim sen uchun emas
Yozgan she’rlaring o’zingnikimas
Sening sevging ham men uchun emas
Men uchun emas
Menga yana shartlar qo’yasan
Seni talablaring ko’p
Bittaman dema
Osmondan kelma
Sendakasi juda ko’p
Qaysarligimni ko’tarolmay
Yana sevaman dema
Endi meni tushingda ko’r
Ko’zimga endi ko’rinma
Qizil ko’ylagi aqlimni oldi
Uzun sochlari jonimni oldi
Shuncha gaplarim
Ichimda qoldi
Nechun bu Rayhon
O’zini oldi
Qizil ko’ylagim sen uchun emas
Uzun sochlarim sen uchun emas
Yozgan she’rlaring o’zingnikimas
Sening sevging ham men uchun emas