Meni kechir yolg‘izim
Seni yolg‘iz tashlab ketdim
Ko‘zlaringni yoshlab ketdim
Yuragingni g‘ashlab ketdim
Kechirgin sevgilim
Visolga to‘ymadik bizlar
Na kulib o‘ynadik bizlar
Na yayrab quvnadik bizlar
Kechirgin vafodorim
Umring o‘tdi yo‘l qarab
Tun-u oy, yillar sanab
Sog‘inch sabab
Yashamading hech yayrab
Topganim tejab asrab
Qilmading ortiq talab
Azizam, yo‘limga intizorim
Azizam, o‘zimni beozorim
Azizam, vafoli beg‘usikim
Sabrli hokisorim
G‘ururim, nomus orim
Meni kechir sir donam
Tunlaringni bedor qildim
Sog‘intirib bemor qildim
Ko‘zlaring xumor qildim
Kechirgin jonginam
Ayriliqlar vaqtinchadir
Vaqtinchalik sal anchadir
Dilga tig‘ sanchadir
Kechirgin vafodorim
Umring o‘tdi yo‘l qarab
Tun-u oy, yillar sanab
Sog‘inch sabab
Yashamading hech yayrab
Topganim tejab asrab
Qilmading ortiq talab
Azizam, yo‘limga intizorim
Azizam, o‘zimni beozorim
Azizam, vafoli beg‘usikim
Sabrli hokisorim
G‘ururim, nomus orim