Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim
Sening qo‘lingdan, sening qolingdan.
Shirin so‘z aytolmadim, atirgul uzolmadim
Sening bog‘ingdan, sening bogingdan. (x2)
Majnuntol tagida yorim kutardim,
Qora qosh ko‘zlaringga xumor bolardim.
Nozik qo‘llaringdan tutsam, bemor yuragim
Davo topar.
Sog‘inib ko‘changdan o‘tsam men agar,
Bedavo bezori, deya atashar.
G‘iybatdan baxtim qaro, sevgimni xor qilishar,
Achinmaslar.
Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim
Sening qo’lingdan, sening qolingdan.
Shirin so’z aytolmadim, atirgul uzolmadim
Sening bog‘ingdan, sening bog’ingdan. (x2)
Nolali rubobim sindirdi nomardlar,
Lekin g’ururimni sindirolmaslar.
Salomga yarasha alikni hali olishar,
Javobim bor!
Yil o‘tib, balki meni tan olmaysan,
Yaxshi keldingizmi, deb kuta olmaysan.
Qo‘lingda bolang bilan unitdim deb turasan,
Achinmaysan.
Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim
Sening qo‘lingdan, sening qolingdan.
Shirin so’z aytolmadim, atirgul uzolmadim
Sening bog‘ingdan, sening bogingdan. (x2)