Devorlarga sening isming
Yozilgan edi yomg’ir yog’ib
Do’l bo’lsa ham
Isming o’yilgan edi
Shamol esar uzog’lardan
Hiding taralgan edi
Har gal seni ko’rib qolsam
Rangim oqargan edi
Endi yomg’ir yog’maydimi
Endi yoshlik qaytmaydimi
Meni bir bor eslaydimi
Tengsizginam Rayhon
Derazadan boqar edi
Ko’z yoshlari oqar edi
U boshqacha yoqar edi
Mensizginam Rayhon
To’yingda men yor-yor aytib
O’zim hofiz bo’ldim
Bir so’z demay yoningda men
Kuyib tamom ham bo’ldim
Oq libosda ko’rib seni
Holim zabon bo’ldim
Tenglashmasa sevgimiz ham
Ayt ne zamon bo’ldi
Endi yomg’ir yog’maydimi
Endi yoshlik qaytmaydimi
Meni bir bor eslaydimi
Tengsizginam Rayhon
Derazadan boqar edi
Ko’z yoshlari oqar edi
U boshqacha yoqar edi
Mensizginam Rayhon