Aldasa ko’zlar ko’zni
Topolmaysan chin so’zni
Girdobga tortar o’zidir
Qanday zamon bo’ldi bu
Ota aldar o’glini
Qo’lda qazib go’rini
Sindiryapti zo’rini
Qanday zamon bo’ldi bu
Oldi sotdida xarom
Yo’qolib bo’lgan orom
O’zlariga qo’ygan nom
Qanday zamon bo’ldi bu
Do’st do’stini sotyapti
Botqoqlarga botyapti
Kerak bo’lsa sotyapti
Qanday zamon bo’ldi bu