...

Jahongir Otajonov – Foniy Dunyo ТЕКСТ

Bu foniy dunyoga ko’ngil berganlar
Ishin xato aylab o’tib boradur
Quron ochib ne hikoya korganlar
Iqbolni bir pulga sotib boradur.

Jafosi ko’p foniy yolg’onchi jahon
Mard ko’nglida tutar bo’ldi u makon
Insonga muhkum qilmas hech darmon
Ko’z yumush bilan o’tib boradur.

Kimlar bu jahonda erkiga yetmish
Kim osmonda uchib kim loyga botmish
Kimslar molini qayga uzatmish
Kimlar hirsli dunyo tutib boradi.

G’avg’odan tinmadi ko’plarning boshi
Kimning yonar bo’ldi padar qardoshi
Kimsalar har joyda tayyorlab oshni
Kimsalar quzg’almay yotib boradir.

Kimlar qochib taxtga farmonlar ochib
Kimlar zamonini deb yo’llarni ochib
Kimlar padarini elini hor etib
Gunoh zindoniga botib boradi.

Kimlar doim surar bo’ldi davronni
Kimlar o’zin bilmay unutar jahonni
Kimsalarning doim duzax makoni
Kimsalar jannatga yetib boradi.

Жахонгир,Отажонов,Фоний,дуне,ани,әні,казакша,қазақша,андер,әндер,мәтіні,матини,создери,сози,сөзі,сөздері,песни,ән,ан,слова,песен
4.5 2 голоса
Рейтинг поста
Поделиться:
Подписаться
Уведомить о
guest
0 Комментарии
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
Прокрутить вверх