...

Jaloliddin Ahmadaliyev – O’zingcha ТЕКСТ

Olmosning ham narxi bor
Bebahosan o‘zingcha
Men kim, nima farqi bor?
Hurliqosan o‘zingcha

Menda aql-u xushing ham
Men deb og‘rir tishing ham
Mensiz kechmas tushing ham
Beparvosan o‘zingcha

Senga mahkum emasman
Sendan mamnun emasman
Garchi Majnun emasman
Sen Laylosan o‘zingcha

O‘zingcha sen Laylosan
O‘zingcha sen tanhosan
Menga nima farqi bor?
Hurliqosan o‘zingcha

Makring sig‘mas yurakga
Jo bo‘lar qil chelakga
Men yerga, sen falakga
Fuqarosan o‘zingcha

Qarasam bir qarabman
Yayrasam bir yayrabman
Oddiygina G‘ayratman
Sen balosan o‘zingcha

Senga mahkum emasman
Sendan mamnun emasman
Garchi Majnun emasman
Sen Laylosan o‘zingcha

O‘zingcha sen Laylosan
O‘zingcha sen tanhosan
Menga nima farqi bor?
Hurliqosan o‘zingcha

Жалолиддин,Ахмадалиев,Узингча,ани,әні,казакша,қазақша,андер,әндер,мәтіні,матини,создери,сози,сөзі,сөздері,песни,ән,ан,слова,песен
1 1 голос
Рейтинг поста
Поделиться:
Подписаться
Уведомить о
guest
0 Комментарии
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
Прокрутить вверх