Endi siz deb boshimni toshgan urib yormayman
Sindirsa ham doshimni to’yingizga bormayman
Kulbamdaman ko’zda nam bayt bitaman gij gij g’am
Tongda o’lib qolsam ham to’yingizga bormayman
Alamdaman ahvol tang yurak urmoqda arang
Chiroqlari rang barang to’yingizga bormayman
Hijron jabri jonimda ishq yig’laydi yonimda
Yaxshimda yomonimda to’yingizga bormayman
Aldamchim ayyorimsiz qo’l yetmas sayyoramsiz
Zarga ko’ngil sotgan qiz to’yingizga bormayman