Bugun menga telba deb nom berdilar
Bugun daydi deya unvon berdilar
Ko‘nglimni sindirding chidadim
Yana-yana jim qarab kulib turaymi?
Sen meni kudirmading, o‘ldirding qara
U kim bo‘ldi tushunmadim sira
Sen qoldirding bir jarohat
Ko‘ngil bundan g‘ashlandi
She’r yozdim sen uchun
Eshit, shunday boshlandi
Bu shaharda sulton edim, yurak edi u shahar
Sen kelding-u qulab ketdi vayron bo‘ldi bu shahar
Qalbim unda devor edi nurab ketdi bu shahar
Hislaringdan qutilolmay zindon bo‘ldi bu shahar (2x)
Yuragimga qara
Seni o‘ylab qon bo‘ldi u
Sendan qolgan yara
Tirnab-tirnab jon berdi u
Menga qildi alam
Mendan ketib zo‘r bo‘ldingmi?
O‘zgasini tanlab
Ishondingmi, xor bo‘ldingmi?
Ko‘nglimni sindirding chidadim
Yana-yana jim qarab kulib turaymi?
Sen meni kudirmading, o‘ldirding qara
U kim bo‘ldi tushunmadim sira
Sendan qolgan xotiralar
Aqlimdan ham ozdirdi
Ko‘nglin qo‘ymay shu dardini
Kuyga qo‘shib yozdirdi
Bu shaharda sulton edim, yurak edi u shahar
Sen kelding-u qulab ketdi vayron bo‘ldi bu shahar
Qalbim unda devor edi nurab ketdi bu shahar
Hislaringdan qutilolmay zindon bo‘ldi bu shahar (2x)