Hech kulmadi omadima
Ishqda armon quchaverdim!
Ketaverding sen jimgina
Men jimgina qolaverdim!
Daydib sevgi sahrosida
Cho’kib hijron daryosida
Zulmat tunlar qarosida
Men jimgina qolaverdim!
Sog’inib yor nozlarini
O’shal shirin so’zlarini
Ko’rib namli ko’zlarini
Men jimgina qolaverdim!
Sovchi qo’ysam kulishdida
«Kambag’al» — deb mensishmadi
Gulim menga berishmadi
Men jimgina qolaverdim!
Umidim hech uzmadimda
Toshdek qotdim muzladim.
Essiz to’ying buzolmadim
Men jimgina qolaverdim!
So’z demoqning foydasi yo’q
Muxabbat shu qoidasi yo’q
Dardlarim bor davosi yo’q
Men jimgina qolaverdim!
Sog’inib yor nozlarini
O’shal shirin so’zlarini
Ko’rib namli ko’zlarini
Men jimgina qolaverdim!
Sovchi qo’ysam kulishdida
«Kambag’al» — deb mensishmadi
Gulim menga berishmadi
Men jimgina qolaverdim!
E — e — e gulim menga berishmadi
Men jimgina qolaverdim!