Hofiz qo’shiq aytsa kuy chalib
Yuragimga sevinch to’lganda
G’uborlarim ketar tarqalib
Onam bilan raqsga tushganda
Beg’am sozu torim bilanmas
Guldan go’zal yorim bilanmas
O’z o’zimga qilarman havas
Onam bilan raqsga tushganda
Munisginam o duogo’yim meni
Oftobjamol oftobi ro’yim meni
Bo’ylaridan o’tib bu bo’yim meni
Onam bilan raqsga tushganda
Munisginam o duogo’yim meni
Oftobjamol oftobi ro’yim meni
Bo’ylaridan o’tib bu bo’yim meni
Onam bilan raqsga tushganda
Yosh boladay bo’lib beg’ubor
O’rgilaman takror takror
Dunyoda yo’q mendek baxtiyor
Onam bilan raqsga tushganda
O qandayin shirin halovat
Robbim menga bergan inoyat
To’xtab turgin maylimi fursat
Ey onam bilan raqsga tushganda
Munisginam o duogo’yim meni
Oftobjamol oftobi ro’yim meni
Bo’ylaridan o’tib bu bo’yim meni
Onam bilan raqsga tushganda
Munisginam o duogo’yim meni
Oftobjamol oftobi ro’yim meni
Bo’ylaridan o’tib bu bo’yim meni
Onam bilan raqsga tushganda