Afsus hamma aytgan so’zlaring
So’zligicha qoldi umrbod
Aldab meni shahlo ko’zlarim
Hayotimni qildilar barbod
Shildiragan tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim
Aldanmagin desalar yonib qaramadim quloq solmadim
Yodingdami tunlarimda oy bo’lib mening
Yodingdami yo’llarimni yoritmoqchiding
Yodingdami kunduzimda bo’lib quyoshim
Jamolimga xop to’ymoqchiding
Mana o’tdi necha fasllar badoshginam tugadi mening
Ko’zlarimdan oqqan yoshlarim daryo bo’lib oqizsin seni
Shildiragan tiniq buloqdan men seni deb chanqoq bosmadim
Aldanmagin desalar yonib qaramadim quloq osmadim
Yodingdami tunlarimda oy bo’lib mening
Yodingdami yo’llarimni yoritmoqchiding
Yodingdami kunduzimda bo’lib quyoshim
Jamolimga xop to’ymoqchiding